Bokschilarimiz Grozniyda tengsiz bo‘ldi
Rossiyaning Grozniy shahrida Ahmad Hoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jami 6 medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustamiz Umid Jo‘rayev va 81 kilogramm vaznda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Odiljon Aslonov barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 75 kilogrammgacha vazn toifasida Saidjamshid Jafarovga teng keladigani topilmadi.
Shuningdek, musobaqada vakillarimizdan Temur Saidov o‘z fazn toifasida kumush, Shukurjon Rahimov va Amirshoh Samadov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Terma jamoamizning ushbu muvaffaqiyati umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashini ta’minladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA