Bokschilarimiz erkaklar orasida hamon tengsiz
Tailandning Bangkok shahrida o‘tayotgan "Thailand Open" xalqaro boks turnirining erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlar o‘z yakuniga yetdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar vakili ringga ko‘tarildi. Jumladan vazni -50 kg. bo‘lgan Shodiyorjon Meliqo‘ziyev iordaniyalik Xutxaifa Eshishni,-55 kg. vaznda Faryozbek Do‘smatov mezbonlar vakili Saravut Sukthetni, Nusratbek Tohirov esa -85 kg. vaznda yana bir mezbon bokschi Jakkapong Yomxotni taslim etib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Muhammadazizbek Ismoilov va Javohir Abdurahimov o‘z vazn toifalarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, erkaklar terma jamoamiz "Thailand Open" turnirini 3 ta oltin, 2 kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA