Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimiz Bokudan 10ta medal bilan qaytadi
10:59 / 2019-05-28

24-27 may kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.


24-27 may kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Ozarbayjonning birinchi prezidenti bo‘lmish Geydar Aliev tavalludining 96 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada yosh bokschilarimiz olamshumul muvaffaqiyatlarga erishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi veb-sayti.

Musobaqaga 10 nafar bokschi bilan yo‘l olgan mamlakatimiz sport delegatsiyasi yakunda O‘zbekistonga 10ta medal bilan qaytadigan bo‘ldi. Ya’ni, hech bir sportchimiz Ozarbayjondan quruq qaytmayapti. E’tiborlisi, sportchilarimizdan 8 nafari o‘z vazn toifasida g‘olib chiqqan bo‘lsa, atigi ikki bokschimiz yarim finalda imkoniyatni boy bergan holda bronza medali bilan taqdirlandi.

Geydar Aliev tavalludining 96 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro turnirda terma jamoamiz a’zolari quyidagi natijalarni qayd etdi:

Oltin medal sohiblari:

-35,5 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov
-38,5 kg: Hojiakbar Mahmudov
-40 kg: Farruh To‘laganov
-41,5 kg: Jamoliddiin Xoliqov
-50 kg: Lazizbek To‘lqinov
-52 kg: Dalerjon Bozorov
-57 kg: Jahongir Narziev
-59 kg: Abdulaziz Abdurahmonov

Bronza medali egalari:

-46 kg: Boburbek Bobojonov
-54 kg: Jasurbek Mo‘minov