Bokschilarimiz Bokuda “Buyuk ipak yo‘li“ turnirida qatnashmoqda
Bugun, 11 apreldan Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo‘yicha xalqaro “Buyuk ipak yo‘li“ turniri boshlandi.
Dunyoning yetakchi terma jamoalari qatori O‘zbekiston terma jamoasining 20 nafar erkak va 8 nafar bokschi qizlari ishtirok etayotgan turnirda bir necha yil mobaynida yurtimiz sharafini himoya qilgan jahon chempionati finalchisi Saidjamshid Jafarov Ozarbayjon nomidan ringga ko‘tariladi.
Xalqaro turnir dasturiga binoan bugun tashkil etiladigan saralash janglarida terma jamoamizning 9 nafar a’zosi o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik iqtidorli boks hakami O‘ktam Bozorov Bokuda o‘tayotgan xalqaro turnir bellashuvlarini boshqarib borishda ishtirok etmoqda.
Turnir 14 aprelga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA