Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschi yoshlarimiz Rossiya va Ruminiya turnirlarida 16 medal jamg‘ardi
10:35 / 2026-02-22

Mamlakatimiz bokschilari Ruminiya va Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatga erishdi.

Elnur Abduraimov va Sherzod Parpiyev murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Ruminiyaning Braila shahri “Dracula Open” xalqaro turnirida 6 ta, Bahromjon Yoqubov va Suxrob Umarov yetakchiligidagi yoshlar terma jamoasi esa Rossiyaning Komsomolsk-na-Amur shahridagi turnirda 10 ta medallar shodasini qo‘lga kiritdi.

Ruminiyada an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan xalqaro turnirda Yevropaning yetakchi davlat vakillari bilan jang olib borgan o‘smir bokschilarimizdan Oybek Alimjonov va Samandar Umarov oltin, Yahyo Komilov, Holid Boborahimov, Farhodjon Bahodirov, Asliddin Usubaliyev bronza medallariga ega chiqdi. Turnirda mahoratli sportchimiz Samandar Umarov musobaqaning “Eng yaxshi bokschisi”, deya e’tirof etildi.

Komsomolsk-Amur shahrida yoshlar o‘rtasida kechgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz Hikmatilla Sobirov va Otabek Nurmahamadov o‘z vazn toifalarida yengilmas bokschi ekanini namoyish etib, olni medallarga egalik qildi.

Shuningdek, yosh charm qo‘lqop ustalarimizdan Xurshidbek Jo‘rayev, Abdulloh Qodirov, Zoidjon Toshtamboyev kumush, Odilshox Xalimov, Kamronbek Hamdamov, Shohrux Islomqulov, Abrorbek Sharipov va Behruzbek Vafoyev bronza medallariga ega chiqdi.

Rossiya va Ruminiya davlatlarida O‘zbek boks maktabining mahoratini namoyish etgan yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi a’zolari bugun Toshkentga qaytib keladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA