Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschi qizlarimiz yangi marrani zabt etdi
10:37 / 2021-05-31

BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatining qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarida g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 8 medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning 57 kilogrammgacha vazn toifasida Sitora Turdibekova so‘nggi hal qiluvchi final bahsida qozog‘istonlik Vladislava Kuxtaga qarshi jang qilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, o‘z vazn toifalarida finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etgan Gulasal Sultonaliyeva, Sitora Shogdarova, Navbahor Hamidova, Mavluda Mavlonova hamda Sohiba Ro‘zmetova kumush medal bilan taqdirlandi.

Umidli sportchilarimizdan Mohinabonu Abdullayeva va Mohira Abdullayeva Osiyo chempionatining bronza medali bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun – 31 may kuni erkaklar o‘rtasida final bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda 7 nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.

 

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA