Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschi qizlarimiz Sofiya shahriga yo‘l oldi
10:51 / 2021-10-04

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida 5-10 oktyabr kunlari boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini Lochin Qo‘chqorov, Islom Tojiboyev va Zokir Sharofov kabi tajribali murabbiylar qo‘l ostida 10 nafar sportchimiz himoya qiladi.

Terma jamoamiz Bolgariyaga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:

- 48 kilogramm: Gulasal Sultonaliyeva;

- 50 kilogramm: Marjona Savriyeva;

- 52 kilogramm: Tursunoy Rahimova;

- 54 kilogramm: Sitora Shagdarova;

- 57 kilogramm: Sitora Turdibekova;

- 60 kilogramm: Dilfuza Bekova;

- 63 kilogramm: Mohinabonu Abdullayeva;

- 66 kilogramm: Xadichabonu Abdullayeva;

- 66 kilogramm: Shaxnoza Yunusova;

- 75 kilogramm: Sohiba Ro‘zmetova.

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA