English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschi qizlarimiz Serbiyada 11 medalga sazovor bo‘ldi
09:37 / 2024-01-22

Serbiyaning Sombor shahrida ayollar boksi bo‘yicha o‘tkazilgan “Millatlar ligasi” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning final bahslarida 7 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. Ushbu bellashuvlarda vazni -50 kilogrammgacha bo‘lgan Feruza Kazakova mezbonlar vakili Nina Radovanovichni, -52 kg vaznda esa Aziza Yakubova yana bir serbiyalik Dragana Jovanovichni mag‘lubiyatga uchratib oltin medal sohibiga aylandi. Shuningdek, -57 kg vazda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sitora Turdibekova ruminiyalik Klaudia Nechitani, -75 kg vazn toifasida Aziza Zokirova qozog‘istonlik Anastasiya Bayazitovani yengib, xalqaro turnir chempioniga aylandi.  

Finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etgan Saidaxon Rahmonova, Rayhona Qodirova hamla Navbahor Hamidova terma jamoamiz hisobiga kumush medalni keltirdi. “Millatlar ligasi”da Muxlisa Xushvaqtova, Mohinabonu Abdullayeva, Xadichabonu Abdullayeva hamda Oltinoy Sotimboyevalar bronza medali bilan taqdirlandi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA