Bolgariyaning Sofiya shahrida davom etayotgan "Strandja" turnirining ayollar o‘rtasidagi final janglari o‘z yakuniga yetdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar a’zosi ringga ko‘tarildi.
Quvonarlisi, "Strandja" turnirining -48 kg. vaznida Sabina Boboqulova ukrainalik Anna Oxotani, -57 kg. vaznda Nigina O‘ktamova irlandiyalik Mixayela Valshni, -65 kg. vaznda Navbahor Hamidova qozog‘istonlik Laura Yesenkeldini, -75 kg. vaznda Aziza Zokirova avstraliyalik Emma Suyeni taslim etib, chempionga aylandi.

Shuningdek, finalga qadar o‘tgan barcha janglarda g‘alaba qozongan Feruza Kazakova hamda Oltinoy Sotimboyeva kumush medalga sazovor bo‘ldi.
O‘z vazn toifasida Farzona Fozilova, Ruxshona Parpiyeva terma jamoamiz hisobiga bronza medalni keltirdi.
Ayni damda erkaklar o‘rtasida final janglari o‘tkazilmoqda. Unda quyidagi vakillarimiz ishtirok etadi:
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Rami Kivan (Bolgariya)
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Pavlo Illyusha (Ukraina)
-85 kg: Akmaljon Isroilov — Matviy Rajba (Ukraina)
-90 kg: To‘rabek Habibullayev — Bogdan Tolmachov (Ukraina)
+90 kg: Ozodbek Aliyev — Damar Tomas (Angliya)
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA