French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschi qizlar bugun chorak final janglarini o‘tkazadi
11:49 / 2026-01-11

Bugun 11 yanvar kuni poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boks bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar va o‘smir qizlar o‘rtasida o‘tayotgan O‘zbekiston chempionatining chorak final janglari bo‘lib o‘tadi.

Chempionatning 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar musobaqasida 130 nafarga yaqin ishtirokchi 10 ta vaznda, o‘smir bokschi qizlar musobaqasida 150 nafardan ziyod charm qo‘lqop ustalari 13 ta vaznda kuchlilikka da’vogarlik qilmoqda.

Kecha  poyoniga yetgan saralash janglari sarhisobiga ko‘ra, chorak finalning barcha juftliklari nomi ma’lum bo‘ldi.

E’tiborli jihati, chorak finalning bugungi janglarida Toshkent shahar terma jamoasining 12 nafar a’zosi, Andijonning 9, Buxoro va Qoraqalpog‘iston Respublikasining 7, Jizzaxning  6, shuningdek, Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Xorazm, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarining eng mahoratlilari ringga ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun va ertaga chorak final, 13 dekabrda yarim final va 14 dekabr kuni final janglari orqali g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA