Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks: Yoshlar va o‘smirlar Osiyo chempionatida qatnashadi
19:29 / 2021-08-14

Joriy yilning 20-30 avgust kunlari BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha yoshlar hamda o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Ilk marotaba ushbu formatda tashkil etilayotgan qit’a birinchiligida 51 ta medallar jamlanmasi uchun janglar olib boriladi.

Osiyoning 40 dan ortiq davlati bokschilari ishtirok etadigan chempionatda 2003-2004 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar 48, 51, 54, 57, 60, 63,5, 67, 71, 75, 80, 86, 92 va +92 kilogramm vaznlarda bahslashsa, qizlar 48, 50, 52, 54, 57, 60, 63, 66, 70, 75, 81 va +81 kilogramm og‘irlikda medallar uchun kurashadi.

Shuningdek, 2005-2006 yillarda tavallud topgan o‘g‘il bolalar 46, 48, 50, 52, 54, 57, 60, 63, 66, 70, 75, 80 va +80 kilogrammda, qizlar esa 46, 48, 50, 52, 54, 57, 60, 63, 66, 70, 75, 80, +80 kilogrammda qit’a chempionligi uchun ringga ko‘tariladi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, qit’a boks federatsiyasi tomonidan yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionligiga erishganlar 6000 dollar bilan mukofotlansa, kumush va bronza egalari 3000 hamda 1500 dollar mukofotni qo‘lga kiritadi. O‘smirlar esa 4000, 2000, 1000 dollar miqdoridagi mukofotlarga ega chiqadi.

-Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport rivojiga beqiyos e’tibor qaratilmoqda. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Tokio olimpiadasida Vatanimizning sport salohiyatini ulug‘laganlarga ko‘rsatilgan e’tibor barchamizga katta quvonch bag‘ishladi, - deydi boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Xamid Tangribergenov. – Hali hech qachon yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi chempionat, ayniqsa o‘g‘il va qizlar musobaqasi bir muddatda, bitta joyda o‘tkazilmagan edi. Juda shiddatli va murosasiz o‘tkaziladigan chempionatda ishonamanki, terma jamoamiz a’zolari munosib qatnashadi. Aynan ushbu yoshdagi sportchilarimizdan umidimiz katta. Boisi, ular kelajakda o‘tkaziladigan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida, olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasining asosini tashkil etadi.  Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kuni kecha Toshkent viloyatida joylashgan Yangiobod sport bazasida o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulotni yakunladi. Vakillarimiz 16 avgust kuni Dubayga jo‘nab ketadi.

T. RO‘ZIEV.