Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining bugungi kun dasturidan erkaklar o‘rtasidagi yarim final janglari o‘rin olgan.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, bugun 20 ta yarim final janglari bo‘lib o‘tadi. Chempionatning -50 kg. vazn toifasida Asilbek Jalilov Kamronbek Mannonovga qarshi, Sardor Hotamov esa Shodiyor Meliquziyev bilan bellashadi.

Vazni -55 kg. vaznda Samandar Olimov va Fayrozbek Do‘smatov, Shahzod Muzaffarov hamda Xo‘janazar Nortojiyev o‘rtasida jang bo‘lib o‘tadi. 60 kilogrammgacha vazndagi 1/2 final janglarida Abduvali Bo‘riboyev – Abdurahmon Mahmudjonov, Sanjarbek Vahobov – Dilshod Abdumurodov janglari o‘tkaziladi.
Quyida qolgan vazn toifalarida bo‘lib o‘tadigan janglar ro‘yxati bilan tanishasiz:
-65 kg: Axtam Muhiddinov – Bobur Bobojonov, Mirkomil Saytoxunov – Abdulloh Madaminov;
-70 kg: Iqboljon Xoldorov – Shavkatjon Boltayev, Havasbek Asadullayev – Abdulaziz Jo‘raqulov;
-75 kg: Javohir Abdurahimov – Safarmurod Allaberganov, Samandar Habibullayev – Jasur Olimjonov;
-80 kg: Rahmatullo Boymatov – Doston Rafiqov, Mars To‘rayev – Ruslan Esanov;
-85 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev – Samir Sobirov, Shohjaxon Abdullayev – Nusrat Tohirov;
-90 kg: Madyor Saydrahimov – Rovshan Soliyev, Ruslan Sharipboyev – Shahzod Polvonov;
+90 kg: Jahongir Zokirov – Ozodbek Shodiyev, Ozodbek Aliyev – Halimjon Mamasoliyev.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA