Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks: o‘smirlar O‘zbekiston chempionligi uchun ringga ko‘tarilmoqda
10:41 / 2026-01-30

Bugun, 30 yanvar kuni poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” Yakka kurashlar majmuasida o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligi bahslari boshlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va yurtimizning barcha hududlaridan 16 ta jamoaning 270 nafar yosh bokschilari 13 ta vazn toifasidagi janglarda ishtirok etadi.

Chempionat nizomiga muvofiq bugundan start beriladigan saralash musobaqalari 3 fevralga qadar davom etadi.

4 fevral kuni chorak final, 5 fevralda yarim final hamda 6 fevral kuni final janglari orqali o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionlari aniqlanadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA