English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks: O‘smirlar chempionatida Toshkent viloyati jamoasi yetakchilikka erishdi
12:35 / 2026-02-13

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da boks bo‘yicha kichik o‘smir qizlar va bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati mamlakatimizning eng iqtidorli yosh charm qo‘lqop ustalarini aniqlab bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Ikki haftaga yaqin vaqt davomida murosasiz janglarga boy bo‘lgan chempionat o‘zbek boksining kelajak avlodini aniqlash bilan bir qatorda, hududlar va alohida sport jamoalarida murabbiylarning ish tizimi qay darajada tashkil etilayotganini amalda ko‘rsatib berdi.

Janglar sarhisobiga ko‘ra, Toshkent viloyati vakillari 4 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega chiqqan holda umumjamoada 1-o‘rinni egalladi.

4 ta oltin, 4 ta bronza medalini jamg‘argan Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi 2-o‘rinni, 2 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Respublika olimpiya va paralimpiya sport markazi vakillari kuchli uchlikni band etdi.

Shuningdek, 1 tadan oltin medalli bo‘lgan Andijon, Namangan hamda Qashqadaryo viloyati jamoalari keyingi pog‘onalarda ko‘rinish bergani ushbu hududlarda ham mahoratli bokschi yoshlar tayyorlanayotganidan dalolat, deyish mumkin.

T.Ro‘ziyev, O‘zA