Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks: Muvaffaqiyatning siri nimada? (+video)
17:25 / 2025-09-25

Mamlakatimiz bokschilarining bundan to‘qqiz yil muqaddam Rio-2016, undan keyin 2019 yili Rossiya Federatsiyasi Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatidan boshlangan g‘alabali yurishi avlodlar almashinuvi jarayonida sobitlik bilan davom ettirilmoqda.

Joriy yilning 4-14 sentyabr kunlari Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida kechgan murosasiz janglarga boy jahon chempionatida yengilmas bokschilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 11 ta medalga ega chiqdi.  

Yigitlarimiz dunyo birinchiligida 6 ta oltin medalga sazovor bo‘lib, tarixiy natija qayd etdi.  

Parij-2024 olimpiadasidan keyin deyarli yangilangan, yoshargan tarkib bilan umum jamoada 1-o‘rinni egallashi e’tiborli voqelik bo‘ldi.

Xo‘sh, O‘zbek bokschilarining doimiy tarzda muvaffaqiyatga erishish imkonini topishida, yangi-yangi chempionlar avlodining kamolga yetkazilishida qanday sir-sanoat bor?  

O‘zbekiston boks federatsiyasida jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan charm qo‘lqop ustalari va ularning murabbiylari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu mavzuda hamda yurtimiz boks terma jamoasining keyingi musobaqalari, xalqaro turnirlar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, Los-Anjeles-2028 olimpiadasida terma jamoa tarkibi qay ko‘rinishda bo‘lishi xususida so‘z bordi.

Anjumanda ishtirok etgan mamlakat boks federatsiyasi bosh kotibi Shohid Tillaboyev, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev, ayollar terma jamoasi katta murabbiyi Elshod Rasulov, jahon chempionatida g‘oliblikka erishgan bokschilarimiz jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XZv1NpuqFuI" title="Muvaffaqiyatning siri nimada?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Javohir Toshxo‘jayev, To‘lqin Ro‘ziyev,

Doniyor Yakubov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA