Boks musobaqasida kuchlilar saralanmoqda
Poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi"da boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari qizg‘in pallaga kirib boryapti.
Bu yilgi chempionatda 278 nafar bokschi o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazyapti. Ringga ko‘tarilayotganlarning 80 nafari ayol sportchilardir.
O‘zbekiston chempionatining bosh shiori - «Los-Anjeles-2028» sari yo‘l shu yerdan boshlanadi!" Bugundan chorak final bahslariga kirishiladi.
21 yanvar yarim final va 22 yanvar kuni final janglari o‘tkazilishi belgilangan.
Yarim final va final bahslari "Zo‘r TV"ning "Renessans xoll" arenasida o‘tkazilishi kutilmoqda.
[gallery-27174]
Bugun chempionatning to‘rtinchi kunida erkaklar 50 kg., 55 kg., 65 kg., 75 kg., 80 kg., 90 kg., +90 kg., vazn toifalarida ringga ko‘tariladi.
Chempionatning g‘olib va sovrindorlari 22 yanvar kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA