FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyatida boks yoshlar o‘rtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylanmoqda. Bu borada iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash, boks infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda xalqaro talablarga moslashtirish borasida yangi tizim yo‘lga qo‘yilayotir.
[gallery-5666]
O‘tgan yili Qarshi shahrida zamonaviy “Boks markazi” foydalanishga topshirildi. Hozirgi kunda bu yerda 3 nafar malakali murabbiy 120 dan ziyod o‘g‘il-qizga boks sir-asrorlarini o‘rgatmoqda. Viloyat boks terma jamoasi a’zolari viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qatnashib, munosib o‘rinlarni egallashayotir.
Ayni damda sport maskanida mashg‘ulotlar qat’iy karantin qoidalariga amal qilingan holda olib boriladi.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA