Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks: Mahoratli yoshlar chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi
10:19 / 2025-06-30

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida kichik o‘smirlar (U-15) o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida mahoratli yoshlar saralandi.

Besh kun mobaynida tashkil etilgan janglarda 400 nafarga yaqin yosh bokschilar 15 ta vazn toifasida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazdi. Murabbiylarga musobaqalar keyingi rejalarni belgilab olish, shogirdlarining imkoniyatlarini ko‘zdan kechirish imkonini taqdim etdi.

Musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, 4 ta oltin medalga ega chiqqan Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi yoshlari 1-o‘rinni egalladi. Keyingi pog‘onalarni Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi vakillari hamda Toshkent viloyati jamoalari band etishdi.

Shuningdek, final janglarida g‘oliblikka erishgan Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo viloyati yosh bokschilari mamlakat chempioni nomiga musharraf bo‘ldi.

Chempionatda -55 kilogrammda g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan iqtidorli yosh bokschi Elshod Shokirjonov mamlakat birinchiligining eng yaxshi bokschisi deb topildi. "Eng yaxshi jamoa" nominatsiyasida g‘oliblik Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasiga nasib etdi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA