English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks kechasida munosiblar g‘olib bo‘ldi
09:41 / 2022-09-26

Qiziltepa tumanidagi Markaziy o‘yingohda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi, Navoiy viloyati hamda Qiziltepa tumani hokimliklari ko‘magida “Uzbekistan Boxing Promotion” promouterlik kompaniyasi tomonidan "Navoiy viloyati hokimi sovrini" uchun professional boks kechasi tashkil etildi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov mamlakatimizda boks sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, bokschilarimiz barcha toifadagi musobaqalarda faol ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgani xususida to‘xtaldi.

Boks kechasida 9 ta jang o‘tkazilib, buxorolik Sabina Babaqulova va Shaxina Ne’matova jangni boshlab berdi. Yakunda raqibidan har tomonlama ustun kelgan Sabina ushbu bahsda g‘olib, deb topildi.

Ringga ko‘tarilgan farg‘onalik Jamshid Avazov buxorolik Azamat Jumayevni, toshkentlik Temur Kushakov qo‘qonlik Hayotjon Masharipovni, buxorolik Rahmatilla Sharifov viloyatdoshi Shukurbek Sobirovni, farg‘onalik Jamshidbek Siddiqov yangiyo‘llik Zoyirjon Jumanazarovni yenggan bo‘lsa, professional boksda ilk jangini o‘tkazgan navoiylik Asadbek Abduraimov va Login Petrov farg‘onalik Kamron Abdulazizov va Odiljon Jo‘raboyevni mag‘lubiyatga uchratdi.

Eng og‘ir vazn toifasida o‘tkazilgan farg‘onalik Faxridin Salimov va samarqandlik Shohruz Rahimov ishtirokidagi jangda g‘olib aniqlanmadi – durang.

Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg) toifasida o‘tkazilgan olti raundlik jangda samarqandlik Jamshid Karimov poytaxtlik Bahrom Fayozovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va jang g‘olibiga aylandi.

 

A.Bo‘riyev, O‘zA