Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks: Jahon chempionatiga kimlar boradi?
12:07 / 2023-03-07

Joriy yilning 15-26 mart kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati o‘tkaziladi.

Xo‘sh, mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini aynan qaysi bokschi qizlarimiz himoya qiladi?  

Bugun O‘zbekiston boks federatsiyasi Hindiston ringlarida yurtimiz bayrog‘i ostida jang olib boradigan terma jamoamiz tarkibini e’lon qildi.  

Unga ko‘ra, 48 kilogrammda Farzona Fozilova, 50 kiloda Aziza Yoqubova, 52 kiloda Feruza Kazakova, 54 kiloda Nigina O‘ktamova, 57 kiloda Mahliyo Habibullayeva, 60 kiloda Sitora Turdibekova, 63 kiloda Xadichabonu Abdullayeva, 66 kiloda Navbahor Hamidova, 70 kiloda Aziza Zokirova hamda 75 kiloda Sohiba Ro‘zmetova jahon chempionatining medallari uchun kurash olib boradi.  

Elshod Rasulov bosh murabbiyligidagi mamlakatimiz ayollar terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida ishtirok etish uchun Hindistonga jo‘nab ketdi. Bokschi qizlarimiz 14 martga qadar ushbu mamlakatda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. 15 martdan esa musobaqalarda ishtirokini boshlaydi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA