English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks: Chirchiqda xalqaro xotira turniri o‘tkazilmoqda
09:53 / 2024-05-14

Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majmuasida boks bo‘yicha Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan turnirning saralash janglari o‘tkazilmoqda.

Yurtimizda “Jasorat – millat g‘ururi va iftixori” shiori ostidagi tadbirlar doirasida o‘tayotgan mazkur xotira turnirida mamlakatimiz hududlaridan, shuningdek Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy Taypeyi, Tojikiston kabi davlatlarning yosh bokschilari 13 ta vazn toifasidagi janglarda g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.  

Kecha turnirning ochilish marosimida qatnashgan mutasaddilar turnir yosh iqtidorlarni aniqlash va saralashda, ularning mahoratini oshirishda katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.  

Mahoratli bokschi yoshlar ishtirokidagi turnir musobaqalari 16 mayga qadar davom etadi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA