Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks: Chempionatning yarim final va final janglari "Renessans xoll"da o‘tkazilmaydi
16:34 / 2026-01-20

"Los-Anjeles-2028" sari yo‘l shu yerdan boshlanadi" shiori ostida o‘tayotgan boks bo‘yicha mamlakat chempionati o‘zining yuqori nuqtasiga yaqinlashmoqda.

Besh kunlik saralash va chorak final janglaridan so‘ng kecha bokschi qizlar o‘rtasida yarim final janglari o‘tkazilib, finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasida esa yarim finalchilar aniqlandi.

Ortda qolgan janglar sarhisobiga ko‘ra, Farg‘ona va Samarqand viloyatining 4 nafardan, Namangan viloyati, Qaroqalpog‘iston Respublikasi va Sport akademiyasining 2 nafardan hamda Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining 1 nafardan vakillari oltin medallarga da’vogarlik qilish huquqiga ega chiqishdi.

Bokschi qizlarimizdan 48 kilogrammda Sabina Boboqulova - Farzona Fozilova, 51 kiloda Gulsevar G‘aniyeva - Feruza Kazakova, 54 kiloda Nigina O‘ktamova - Robiya Ravshanova, -57 kilogrammda Xumorabonu Mamajonova - Rahima Bekniyozova, -60 kiloda Sitora Turdibekova - Sevara Mamatova, 65 kiloda Navbahor Hamidova - Dilfuza Bekova, -70 kiloda Maftuna Yangiyeva - Aziza Zokirova, 75 kiloda Mavluda Movlonova -Aysanem Saruarova, 80 kiloda Ruxshona Parpiyeva - Diyoraxon Abdumannopova, +80 kiloda Oltinoy Sotimboyeva - Sobiraxon Shahobiddinova O‘zbekiston chempionligi uchun ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Bugun, 20 yanvar chempionat ishtirokchilari uchun dam olish kuni etib belgilangan bo‘lsa, ertaga 21 yanvar kuni bokschi yigitlar o‘rtasida yarim final janglari, 22 yanvar kuni esa erkaklar va ayollar o‘rtasida final musobaqalari tashkil etiladi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Shahid Tillaboyevning bildirishicha, mamlakat chempionatining yarim final va final janglari "Zo‘r TV"ning "Renessans xoll" arenasida emas, aynan “Olimpiya shaharchasi”dagi ringlarda bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA