French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks: chempionatning mukofot jamg‘armasi ma’lum
15:36 / 2021-09-16

Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi (AIBA) joriy yilning 26 oktyabr– 6 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida o‘tkaziladigan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining mukofot jamg‘armasini e’lon qildi.

AIBA jahon chempionatining mukofot jamg‘armasini 2,6 million dollar etib belgiladi, deya xabar tarqatmoqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, sovrindorlar quyidagi tartibda pul mukofotlariga ega bo‘lishadi. Ya’ni oltin medal – 100 ming AQSH dollari, kumush medal – 50 ming AQSH dollari, bronza medal –25 ming AQSH dollari.

T. Ro‘ziyev, O‘zA