Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
09:40 / 2022-08-06

O‘zbekiston boks federatsiyasida Vazirlar Mahkamasi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda boks federatsiyasi mutasaddilari ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish tashkil etildi.

Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumki, mamlakat milliy terma jamoasini uzoq vaqt davomida Marat Qurbonov boshqarib kelayotgandi. Aynan ushbu yetuk mutaxassis yetakchiligida bokschilarimiz Olimpiya o‘yinlarida, Jahon va Osiyo chempionatlarida umumjamoa hisobida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Yig‘ilish davomida Marat Qurbonovning yurtimiz bokschilarini tayyorlash, katta g‘alabalarni ta’minlashdagi alohida xizmatlari e’tirof etildi.

Muhokamalar davomida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi yillarda jahon miqyosida ko‘zga ko‘rinarli yutuqlarni qo‘lga kiritganligi, ammo terma jamoada avlodlar almashinuvi murabbiylar shtabida ham yuz berishi kerakligini vaqt ko‘rsatayotganligi aytildi.

Bildirilgan fikrlar, takliflar natijasida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida tajribali mutaxassis To‘lqin Qilichev nomzodi ilgari surildi va ma’qullandi.

O‘zA