Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ilk chorak final janglari o‘tkaziladi
12:16 / 2026-01-18

Bugun, 18 yanvar kuni poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi"da "Los-Anjeles-2028" sari yo‘l shu yerdan boshlanadi" shiori ostida o‘tayotgan boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining to‘rtinchi kungi janglari bo‘lib o‘tadi.

198 nafar yigit, 80 nafar bokschi xotin-qizlar qatnashayotgan chempionatning ortda qolgan uch kunlik bahslarida umumiy hisobda 135 ta jang o‘tkazildi.

Kecha tashkil etilgan saralash musobaqalarida O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasining iqtidorli a’zolari Iqboljon Xoldorov, Mirzabek Mirzaxalilov, Navbahor Hamidova, Nigina O‘ktamova, Feruza Kazakova muvaffaqiyatga erishdi.

Bugun chorak finalning ilk kunida bokschi yigitlar o‘rtasida -50, -55, -65, -75, -80, -90, +90 kilogramm vazn toifasida 40 ta juftlik janglari tashkil etiladi. Boks muxlislari kun davomida Asilbek Jalilov, Faryozbek Do‘smatov, Samandar Olimov, Jahongir Zokirov, Madiyor Saidrahimov singari taniqli charm qo‘lqop ustalarining janglariga guvoh bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, chempionat dasturiga binoan yarim final va final janglari 21-22 yanvar kunlari "Zo‘r TV"ning "Renessans xoll" arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA