Poytaxtimizdagi muhtasham “Humo arena” sport majmuasi mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in pallaga kirib bormoqda.
Bugun uch nafar bokschimiz g‘alaba uchun raqiblariga yuzlandi. -92 kg. vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Lazizjon Mullojonov ham chempionlik uchun katta qadam tashladi. Hamyurtimiz ilk jangida kolumbiyalik Marlo Xartado ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.
[gallery-11746]
Hamyurtimiz Abdumalik Xalokov gayanalik Kevin Alikokka qarshi ringga ko‘tarildi. -57 kg. vazn toifasida raqibini mag‘lub eta olgan Xalokov 1/8 final bosqichida avstraliyalik Charli Senor bilan to‘qnash keladi. Jang 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Afsuski, yosh bokschimiz Jasurbek Yo‘ldoshev (-80 kg.) jahon chempionatidagi ishtirokini erta yakunladi. Iordaniyalik nomdor Huseyn Iashishga qarshi bellashuvda hakamlar raqibning g‘alabasini e’tirof etdi. Shunday qilib, O‘zbekiston terma jamoasi birinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Jahon chempionati bahslari 14 mayga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA