BOKS: Boshlanishida ikkita jang va ikkita g‘alaba
Qozog‘iston poytaxti Astana shahrida boks bo‘yicha mamlakat prezidenti sovrini uchun VI xalqaro turnir start olganligi va unda terma jamoamizning 16 nafarli kuchli bokschilari ham ishtirok etayotganligi haqida xabar bergan edik.

Xalqaro turnirda 15 ta davlat – AQSH, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Belarus, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Tailand, Mo‘g‘iliston, Filippin, shuningdek, Markaziy Osiyodan Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘istondan jami 162 nafar bokschi ishtirok etmoqda. Shulardan 124 nafari erkak va 38 nafari xotin-qiz. Erkaklar 10ta vazn toifasida bellashayotgan bo‘lsa, ayollar to‘rt vaznda g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
Kecha, musobaqaning ilk kunida ikki bokschimiz ringga ko‘tarildi. Aliyor Noraliyev (64 kg.) tojikistonlik Oyatullo Yakubovni 5:0 hisobida yengan bo‘lsa, Mahmud G‘aipov (69 kg.) hindistonlik Dineshni shu hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Bugun, ikkinchi kungi bellashuvlarda uch nafar hamyurtimiz jang o‘tkazadi. Ayollar o‘rtasida 51 kg. vaznda Tursunoy Rahimova tailandlik Vannaprom Tatxipga qarshi, erkaklar qarama-qarshiliklarida Shunqor Abdurasulov (60 kg.) qozog‘istonlik S.Toltayevga, Isroil Madrimov esa yana bir mezbon A.Taleshga qarshi ringga ko‘tariladi.
Oybek Yunusov