Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks: Ayubxon Baxtiyorov nufuzli musobaqani g‘alaba bilan boshladi
15:06 / 2025-04-18

Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo‘yicha WBC tashkilotining Gran-pri turniri o‘tkazilmoqda. Unda mamlakatimiz sharafini Ayubxon Baxtiyorov, Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullajonov, Kamronbek Eshmatov va Suhrob Qayumov kabi charm qo‘lqop ustalari himoya qilayotir.

Gran-pri musobaqasida vakillarimizdan dastlab Ayubxon Baxtiyorov ringga ko‘tarildi. U yarim yengil vazn toifasida fransiyalik Jamal Xajabga qarshi 1/16 bosqichida jang o‘tkazib, raqibini 6-raundda texnik nokautga uchratdi.   

Endi Ayubxon joriy yilning 20-22 iyun kunlari 1/8 finalda navbatdagi bellashuvda bahs olib boradi.  

Bugun, 18 aprel kuni 1/16 final bosqichida Mujibillo Tursunov – Maykl Adesodun (JAR) va Kamronbek Eshmatov – Danilo Lozan (Ukraina) o‘rtasidagi raqobatga guvoh bo‘lamiz.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA