Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BOKS: Andijon birinchi, Buxoro ikkinchi, Fargʻona esa uchinchi boʻldi
11:14 / 2018-09-18

Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida boks boʻyicha 2000-2001 yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati musobaqasi yakuniga yetdi. Ikki yuzdan ziyod yosh bokschilar ishtirok etgan turnirni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad mamlakat terma jamoasiga munosib nomzodlarni tanlab olishdan iborat edi.

Murosasiz va qiziqarli kechgan janglar natijasiga koʻra oldindan kutilganidek bosh sovrin boks maktabi asoschilari – andijonliklarga nasib etdi. Ikkinchi oʻrinni buxoroliklar qoʻlga kiritgan boʻlsa, fargʻonaliklar uchinchi oʻrin bilan kifoyalandi. Qizigʻi, musobaqa mezbonlari – poytaxtliklar sovrinlardan bebahra qoldi.
Musobaqaning gʻolib va sovrindorlari tegishli darajadagi diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Toshkentda havaskor yoshlar oʻrtasida musobaqa bilan parallel ravishda Samarqandda professional boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining soʻnggi beshta vazn toifasidagi final janglari boʻlib oʻtdi.

Quyida gʻolib va sovrindorlar bilan tanishing:

50 kg. - 1. Shahzodbek Sharobiddinov (Andijon), 2 .Doniyor Rahimboyev (Xorazm), 3. Sarvar Usmonov (Toshkent).

57 kg. - 1. Beksulton Ravshanov (Toshkent viloyati), 2. Akmalshox Toʻrayev (Buxoro), 3. Ixtiyor Mirzayev (Andijon).

61 kg. - 1. Mehroj Mavlonov (Samarqand), 2. Burgut Hojiboyev (Namangan), 3. Ilhombek Hasanov (Xorazm).

79 kg. - 1. Shahzod Mauzerov (Surxondaryo), 2. Shohruh Kamoldinov (Toshkent shahri), 3. Jamshidbek Saidnazarov (Xorazm).

+90 kg. - 1. Renat Rahimov (Qoraqalpogʻiston), 2. Gʻaybullo Qoʻchqorov (Namangan), 3. Asqar Mirzayev (Qashqadaryo).