English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks: Abdullayevning shov-shuvi, Hasanboyning shiddati ko‘pning e’tiborini tortmoqda
10:10 / 2022-11-04

Iordaniyada davom etayotgan qit’a chempionati tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda.

Bugun, 4 noyabr kungi bahslarda 5 nafar bokschimiz qit’a chempionatidagi janglarini o‘tkazadi. 71 kilogrammda Havasbek Asadullayev — Byamba-Yerdene Otgonbaatar (Mo‘g‘uliston), 48 kg.da Asilbek Jalilov — Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston), 51 kg.da Hasanboy Do‘smatov — Panmot Titisan (Tailand), 57 kg.da Abdumalik Xalakov — Jasim Muhammed (Iroq), 60 kg.da Adhamjon Muhiddinov — Baskon Paul (Filippin).

Mazkur uchrashuvlar bugun bilan kechki payti tashkil etiladi.

Kecha chempionatning uchinchi kunida bokschi qizlarimizdan Xadichabonu Abdullayeva va erkaklar terma jamoasi a’zosi Odiljon Aslonov ilk saralash bahslarida ishtirok etdi. Odiljon ilk bosqichda janubiy koreyalik Park Jin Xungani 5:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, 63 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Hadichabonu Abdullayeva tailandlik Somnuyek Panpatcharaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu o‘rinda aytish lozim, mamlakatimiz bokschilarining Amman ringlarida olib borayotgan janglari ko‘pchilikning diqqat e’tiborida bo‘lib turibdi.

Jumladan, boks bo‘yicha britaniyalik mutaxassis Teylor OXiggins o‘zbekistonlik Ruslan Abdullayevning musobaqada yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni, kattalar o‘rtasida qit’a chempionatining bronza medali sovrindori qozog‘istonlik Sanatali Toltayev ustidan 5:0 hisobidagi g‘alabasi Iordaniyadagi musobaqaning eng shov-shuvli bahslaridan biri bo‘lishini e’tirof etdi.

Mutaxassislar shuningdek, bugun Rio olimpiadasi g‘olibi Hasanboy Do‘smatovning ringga ko‘tarilayotganligini katta qiziqish bilan kutayotganligini, uning har bir jangi nafaqat qit’a, balki dunyo boks olami nazaridan chetda qolmasligini ta’kidlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qit’a chempionati bahslari 13 noyabrga qadar davom etadi. 



T. Ro‘ziyev, O‘zA