Boks: 3 nafar hamyurtimiz Osiyoning eng yaxshilari sifatida e’tirof etildi
Osiyo boks konfederatsiyasi (ASBC) qit’ada 2024 yilning eng yaxshilarini e’lon qilgan ro‘yxatdan 3 nafar hamyurtimiz joy oldi.
Osiyoda o‘smir qizlar o‘rtasida yilning eng yaxshi bokschi qizi sovriniga O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Maftuna Yangiyeva ega chiqdi.
22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar orasida 2024 yilda Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan Feruza Kazakova eng yaxshi ayol bokschi bo‘ldi.
“Parij-2024” Olimpiada o‘yinlarida o‘zining yuksak murabbiylik mahoratini namoyish etgan terma jamoamiz bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Osiyoning eng yaxshi boks treneri deb topildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA