Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘kada obod manzillar ko‘paymoqda
15:44 / 2023-08-01

Toshkent viloyatida “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” tamoyili asosida shahar va qishloqlarda zamonaviy shart-sharoit yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bo‘ka tumanining “Ezgulik” mahallasi ham bundan mustasno emas. Ushbu manzilda bo‘lgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi ishchi guruh mavjud muammolarni bartaraf etish, aholiga qulaylik yaratish maqsadida mahallada to‘planib qolgan masalalarni atroflicha o‘rgandi. Buning uchun mahalla markazida maxsus shtab tashkil etilib, ishchilar uchun barcha sharoit yaratilgan.  

Fuqarolar muammolarini o‘rganish bo‘yicha doimiy qabulxona tashkil etilgan. Mazkur mahallaning umumiy maydoni 793 gektar bo‘lib, 2 ming 323 nafar aholi yashaydi. Ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, bank xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligini oshirishga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi, ayniqsa, “Yagona ijtimoiy reyestr” hamda daftardagi fuqarolarning muammolarini o‘rganish maqsadida, xonadonma-xonadon xatlov jarayonlari o‘tkazilgan. Ishsizlar soni 42 nafarni, kam ta’minlangan oilalar soni 13 nafarni tashkil etmoqda. Ularning muammolarini qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda.  

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Bo‘ka tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 10-oilaviy shifokorlik punktida malakali shifokorlar ishtirokida “Ezgulik” MFY aholisi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unda EKG, UTT, laboratoriya tekshiruvlari hamda tor soha mutaxassislari tomonidan aholi salomatligi tekshirilib, kasallik aniqlanganlarga davo muolajalari tavsiya etildi. Bundan tashqari, shifokorlar tomonidan fuqarolarga berilgan tibbiy xulosalar asosida kasallik tashxisiga qarab davolanish muassasalariga yo‘llanmalar va imkoniyati cheklangan bemorlarga bepul dori-darmon vositalari tarqatildi.  

Ishchi guruh tomonidan xonadonlar va mahalla hududida joylashgan ijtimoiy ob’ektlarning holatlari ko‘zdan kechirilganda dorixona, umumiy ovqatlanish, savdo do‘konlari, maktab, bog‘cha va novvoyxona, sartaroshxona kabi ob’ektlarni obodonlashtirish borasidagi ishlarga e’tibor qaratilmoqda. Bunda kuz-qish mavsumiga alohida urg‘u beriladi. Mazkur mahallada yoshlar o‘rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, ushbu sohada keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan tadbirlar uyushtiriladi.  

A.Musayev, O‘zA.