Bo‘ka tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Begmatov Baxtiyor Paxriddinovich lavozimidan ozod etildi.
Ayni paytda Parkent tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Isoqulov Sardor Dadajonovich Bo‘ka tuman hokimi etib tasdiqladi.
Sardor Isoqulov 1986 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2011 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.
Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qatnashdi va nutq so‘zladi.
A.Musayev, O‘zA.