French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonadagi ortiqcha tartibotlarni qisqartirish borasida tavsiyalar berildi
10:19 / 2022-09-15

Jahon bojxona tashkiloti va Jahon banki tomonidan Davlat bojxona qo‘mitasi sohaviy boshqarmalari xodimlari ishtirokida “Tovarlarni chiqarish o‘rtacha vaqti” mavzusida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish Jahon bankining mutaxassislari olib bordi. 

Tovarlarning chiqib ketish vaqti bo‘yicha tadqiqot – bu savdodagi mavjud to‘siqlarni aniqlash hamda chegaradagi tartib-taomillar natijadorligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab olish uchun tovarlarning kelgan paytidan chiqib ketgunigacha qadar bo‘lgan vaqtni o‘lchashning xalqaro tan olingan vositasi hisoblanadi. 

Yig‘ilish davomida Jahon banki mutaxassislari tomonidan tovarlarning chiqib ketish vaqti bo‘yicha joriy yilning oktyabr oyida tadqiqot o‘tkazilishiga ko‘mak berilishi, zarur ma’lumotlar, axborot tizimlari va mutaxassislarni jalb etish mumkin ekanligi ma’lum qilindi. 

Mazkur tadqiqotni o‘tkazishdan asosiy maqsad kelgusida bojxona tartib-taomillarini soddalashtirishda mavjud to‘siq bo‘lgan ortiqcha tartibotlarni qisqartirish va xalqaro standartlarga moslashtirish borasidagi tavsiyalarning taqdim etilishidan iboratdir. 

O‘zA