Bojxonada xizmat iti “zahri qotil”ni ushlab qoldi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona postida xizmat iti yuk vagoni tagiga joylashtirilgan “marixuana” giyohvandlik moddasini fosh etdi.
Qo‘shni davlatdan kirib kelgan temir yo‘l poyezdi tarkibidagi yuk vagonlari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilayotganida xizmat iti vagonlardan birining tag qismida bojxona nazoratidan yashirib, rangsiz polietilen idishga joylashtirilgan “marixuana” giyohvandlik vositasini olib o‘tishga urinilganini aniqladi. Maxsus tarozida o‘lchangan “zahri qotil”ning og‘irligi idishi bilan 113,9 gramm ekani ma’lum bo‘ldi.


Ayni paytda holat yuzasidan bojxona organlari tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri