Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, milliy taraqqiyot yo‘lidagi strategik maqsadlar hamda yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan Vatan himoyachilarining jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyatini yanada chuqur anglashga qaratildi.

Jumladan, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, ma’naviy barqarorlik va milliy xavfsizlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, Vatan himoyachilari kuni tarixiy ildizlari, ushbu sana zamirida mujassam bo‘lgan vatanparvarlik, sadoqat va fidoyilik tushunchalari haqida atroflicha fikr yuritildi. Seminar jarayonida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Murojaatnomada belgilangan vazifalarning bojxona organlari faoliyatidagi amaliy ahamiyati, xizmat intizomi, kasbiy mahorat va yuksak ma’naviyat uyg‘unligi masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.