Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonada kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
11:05 / 2025-11-11

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va bilim doirasini kengaytirish, shuningdek, mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkaga turli nashriyotlar tomonidan chop etilgan badiiy, ilmiy, tarixiy va ma’rifiy yo‘nalishdagi kitoblar taqdim etildi. Xodimlar o‘zlari tanlagan asarlarni xarid qilish, tavsiyalar olish hamda bir-birlari bilan o‘qigan kitoblari haqida fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek kitobsevar xodimlar tomonidan xarid qilingan kitoblar boshqarma kutubxonasiga o‘z nomlaridan esdalik sifatida topshirildi.

Kitoblar yarmarkasi nafaqat savdo tadbiri, balki ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv, fikr almashish va kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlovchi ezgu an’anaga aylandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA