Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachilarning yangi avlodi yetishib chiqmoqda (+video)
12:39 / 2024-06-14

Mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda bojxona organlarining hissasi katta. Bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida bugungi kunda “bojxona ishi” va “yurisprudensiya” yo‘nalishlarida yigit-qizlarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berib kelinmoqda. Ushbu dargohda kursantlar uchun ta’lim jarayoni nazariya va amaliyot uyg‘unligida olib boriladi. Zero, bugungi shiddatli taraqqiyot har bir xodimdan yuksak bilim va mahorat talab etadi. Xorijiy mamlakatlarda bu borada yig‘ilgan tajribalarni o‘rganishlari uchun kursantlarning malakasini oshirishlari, ustozlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda olib borishlari, o‘zaro tajriba almashishlari uchun davlat tomonidan yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Bu yil institutni 2 yo‘nalishda 100 nafar bitiruvchi tamomlayotgan bo‘lsa, ularning 9 nafari imtiyozli diplom bilan bitirmoqda. Takomillashtirilgan o‘quv dasturi asosida tahsil olgan kursantlar endilikda belgilangan hududlarga tajribali yosh kadrlar sifatini faoliyat olib boradilar. Muhimi zukkolik, Vatanga sadoqat, halol va ziyrak xodim bo‘lsalar bas, xizmat pillapoyalaridan yuksalib borishlari uchun endi ularda barcha imkoniyatlar mavjud.  

Ota-ona uchun farzand kamolini ko‘rish katta baxt. Tantanali bitiruv marosimida qatnashgan barchaning yuzida ana shu baxtdan masrurlikni, o‘zgacha bir hayojonni ko‘rish mumkin. Ularning chehrasidan bugungi tinch-totuv yashayotganimizdan shukronalikni, chegaralarimiz daxlsizligining ishonchli posbonlarini tarbiyalaganliklaridan mag‘rurlikni his qilasiz.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/pynvbP8gsuY?si=eaR18Zi4U8CaF3mm" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, (video),O‘zA