Buxoro viloyati “Olot” chegara bojxona posti orqali tovarlarni yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatmagan holda olib o‘tishga bo‘lgan yana bir urinish bartaraf etildi.
Viloyat bojxona boshqarmasining xalqaro toifadagi bojxona posti hisoblangan “Olot” chegara bojxona postiga xorijiy davlatdan harakatlanib kirib kelgan yuk avtotransport vositasining inspeksion ko‘rik majmuasidan olingan tasvirlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi.

Natijada yuk kuzatuv hujjatlari va rentgen tasvirlaridagi tafovutga oydinlik kiritish maqsadida amalga oshirilgan bojxona ko‘rigida esa, bojxona yuk deklaratsiyasida umuman ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 400 million so‘mni tashkil etuvchi suv nasoslari va uning ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.
Ayni damda ushbu tovarlar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha saqlov choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri