Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachilar tushuntirishlar olib bordi
13:11 / 2025-06-21

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent viloyatining bojxona organlari tomonidan 17 ming 314 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Bu esa huquqbuzarlik holatlari oshgan hududlarda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish orqali aholiga bojxona qonunchiligini tushuntirish, belgilangan javobgarlik choralari to‘g‘risida fuqarolarni ogohlantirishni taqozo etmoqda.

Shu maqsadda Bojxona qo‘mitasining Surishtiruv va ma’muriy amaliyot boshqarmasi boshlig‘i A.Axlimirzayev hamda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullari “Navoiy” chegara bojxona posti hududiga yaqin “Kalas”, “Ko‘kterak”, “Ko‘ksaroy” va “Qizg‘aldoq” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi bilan uchrayotgan muammolar haqida suhbat o‘tkazdi. Unda fuqarolarga bojxona qonunchiligini tushuntirish bilan birga, ularni qiynayotgan va  qiziqtirayotgan savollarga javob berildi. 

Shuningdek, oxirgi vaqtlarda ushbu mahallalardagi aholi tomonidan bojxona qonunbuzarlik holatlari ko‘paygani, bunga sabab bo‘luvchi omillar hamda ularning jamiyatga zararli oqibatlari o‘rganib chiqildi. Bu borada mahalla faollarining taklif va fikrlari muhokama qilindi. 

Qolaversa, mas’ullar tomonidan “Navoiy” chegara bojxona posti faoliyati ham o‘rganildi. Shuningdek, postda bojxona nazoratini samarali amalga oshirish va chegaradan o‘tayotgan yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar ham berildi.

A.Musayev, O‘zA.