Respublikamizda amaldagi tartibga ko‘ra, vakolatli organning tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan sovuq qurollarni olib kirish taqiqlanadi.
Biroq ayrim fuqarolar tomonidan mazkur tartibga rioya etmaslik holatlari ham kuzatilmoqda.
Navoiy xalqaro aeroportiga «Istanbul – Navoiy» aviareys bilan olib kelingan kurerlik jo‘natmalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori talablari asosida taqdim qilingan UNI kod va invoyslar asosida xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan hamda «Qurol to‘g‘risidagi» qonun talablarini buzgan holda olib kirilgan bir dona «kastet» hamda bir dona «maxsus pichoq» borligi aniqlanib, dalolatnoma asosida vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA
Abduvali Bo‘riyev