Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachilar tadbirkorga ko‘makchi
09:53 / 2022-10-18

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Lattiso” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Korxona 2019 yilda tashkil etilgan. Joriy yilning may oyidan mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Avgust oyiga qadar 2 milliard 700 million AQSH dollariga sut mahsulotlarini ichki bozorga yetkazib berdi. Korxonada bir kecha-kunduzda 30 tonnaga yaqin ana shunday mahsulotlar savdo do‘konlariga yetkazib berilmoqda. Sifatli pishloq mahsuloti esa Pokiston, Hindiston va Afg‘oniston davlatlariga eksport qilinmoqda. Korxona mas’ullari hozirgi kunga qadar ishlab chiqarish asbob-uskunalarini bojxona chegarasidan olib kirish jarayonida 40 million so‘mga yaqin bojxona to‘lovlaridan  imtiyozga ega bo‘lgan.

Uchrashuvda bojxona xodimlari korxonada mahsulot tayyorlash jarayoni hamda ishlab chiqarish quvvati bilan yaqindan tanishish barobarida tadbirkorning kelajakda ish salmog‘ini oshirish bilan bog‘liq savollariga ham  javob berdi.  

 

Zarif Komilov, 
O‘zA