Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachilar “Sirdaryo – 2” elektr stansiyasida
16:39 / 2024-05-14

Elektr energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish borasidagi Prezidentimizning 2022-yil 30-dekabrdagi qaroriga asosan, Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt bo‘lgan zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasi barpo etilmoqda.

Mazkur loyiha bilan tanishish, joylarda tadbirkorlik subyektlari muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi mas’ul xodimlari  tomonidan Boyovut tumanidagi “Enersok” MCHJ XKda tashkilot mutasaddi rahbarlari ishtirokida sayyor uchrashuv tashkil etildi.  

Uchrashuvda mazkur loyiha doirasida o‘zlashtiriladigan investitsiya mablag‘lari hisobiga importga olib kelinadigan texnologik asbob-uskunalarga bojxona imtiyozlarini qo‘llash va tovarlarni tegishli bojxona rejimlarga qisqa muddatlarda rasmiylashtirish hamda boshqa yo‘nalishlarda ularga yaqindan amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan kelishib olindi.  

Bojxona xodimlari tomonidan korxonaning muammo va takliflari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan amalga oshiriladigan asosiy yo‘nalishlar belgilab olindi va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollariga mas’ullar tomonidan batafsil tushuntirish berildi.  

Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri