French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachilar psixotrop moddaning noqonuniy muomalasiga chek qo‘ydi
10:24 / 2026-01-29

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatdan kirib kelgan temir yo‘l poyezdi tarkibidagi yuk vagonlarining biridan 2 ming 666 dona psixotrop tabletkani ushlab qoldi.

Yuk vagonlari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilayotganida vagonning tag qismida bojxona nazoratidan yashirilib, rangsiz polietilen paketga joylashtirilgan psixotrop tabletkalar borligi aniqlandi.

Amaldagi tartibga muvofiq, bu turdagi psixotrop vositalar mamlakatimiz hududida muomalasi cheklangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan. Ularni yurtimizga olib kirish yoki tranzit qilish uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri