Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachilar noqonuniy tovarlarni to‘xtatdi
10:57 / 2025-11-24

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti xodimlari qariyb 1 milliard so‘mlik noqonuniy tovarlarni olib kirishga bo‘lgan urinishni o‘z vaqtida bartaraf etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, xorijiy yo‘nalishda harakatlangan yuk avtotransport vositasi bojxona postiga kirib kelgan vaqtda dastlabki nazorat jarayonida xodimlarning diqqatini tortdi. Rentgen tasvirlari, yuk kuzatuv hujjatlaridagi ma’lumotlar hamda vazn ko‘rsatkichlari o‘rtasida aniqlangan tafovutlar avtotransport vositasini batafsil ko‘rikdan o‘tkazishni taqozo etdi.

O‘tkazilgan bojxona ko‘rigi natijasida, yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, umumiy og‘irligi 45 tonna bo‘lgan, qiymati 1 milliard so‘mdan ortiq “qurilishda foydalaniladigan smola” tovarlari borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur noqonuniy harakatning o‘z vaqtida bartaraf etilgani natijasida davlat byudjetiga qariyb 94 million so‘m miqdoridagi bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlashning oldi olindi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.