French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachilar “Muruvvat” uyida ko‘chat ekdi
09:06 / 2022-11-08

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari Nukus “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar internat uyida bo‘lib, daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida daraxt ko‘chatlari o‘tqazishdi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati Davlat bojxona qo‘mitasiga biriktirib berilgan edi. 

O‘tgan qisqa davr mobaynida bojxona idoralari tomonidan tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning infratuzilmasini yaxshilash, ularda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi.  

“Muruvvat” uyi atrofiga bojxona xodimlarining o‘z qo‘llari bilan mehr ila ekilgan turli navdagi archa daraxtlari hudud atmosferasining musaffoligini ta’minlab, unga yanada ko‘rk va chiroy qo‘shadi.  

Bu amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning guvohi bo‘lgan vasiylikka olingan shaxslar ko‘rsatilayotgan e’tibordan xursand bo‘lib, duoga qo‘l ochishdi. Yurtimiz tinchligi, el-yurt osoyishtaligini tilab, ko‘ngil so‘rab borgan bojxonachilardan quvonchini yashirishmadi.    

Ma’lumot uchun Nukus “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar internat uyida bugungi kunda 250 nafar ayol hamyurtimiz vasiylikka olingan.  

Dovud ABIBULLAEV,

O‘zA muxbiri