Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachilar kuchli ta’sir qiluvchi dorini ushlab qoldi
15:00 / 2024-10-16

Surxondaryo viloyati bojxonachilari “Sariosiyo” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro Tojinor Kulobova (ism-sharif o‘zgartirildi)ni belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazganida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini mamlakatimiz ichkarisiga olib o‘tmoqchi bo‘lgani aniqlandi.

Bojxonachilar uning polietilen paketi ichidagi turli xil ayollar matosi orasiga o‘ralgan, og‘zaki so‘rov chog‘ida ma’lum qilmagan va deklaratsiyalanmagan kuchli ta’sir etuvchi dori vositalariga duch keldi.  

– Mamlakatimizda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinib, maxsus ekspertiza va ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi, – deydi viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Shohro‘z O‘ralov. – Chunki, bu vositalarning qalbakisi, belgilanmagan sharoitlarda saqlanishi va shifokor nazoratisiz iste’moli ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biroq, ayrim fuqarolar bunday kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni turli yo‘llar bilan g‘ayriqonuniy olib kirishga urinayotgan chog‘ida siri fosh bo‘lib qolmoqda.  

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri