English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachilar — iqtisodiy xavfsizlik posbonlari
08:25 / 2026-01-26

FOTOREPORTAJ

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi jamoasi mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda. Hududda “Qo‘shkent”, “Uchto‘rg‘on” chegara bojxona postlari hamda “Jizzax” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti samarali ish olib bormoqda.

  — Bojxona ma’muriyatchiligida raqamli texnologiyalar keng joriy etildi, - deydi Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Farhod Ortiqov. — “Eksport uch qadamda” moduli orqali o‘tgan yil davomida 114 ta tashkilot tomonidan 5 ming 446 ta bojxona deklaratsiyasi asosida tovarlar soddalashtirilgan tartibda eksport qilindi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 milliard 628 million AQSH dollarini tashkil etdi. Import qilingan tovarlar uchun 5 trillion so‘mdan ortiq bojxona to‘lovlari hisoblanib, ishlab chiqarish va investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qariyb 3 trillion so‘mlik imtiyozlar berildi.

Qonunbuzilish va kontrabandaga qarshi kurashish yo‘nalishida 300 dan ortiq holat aniqlandi. Natijada bir necha milliard so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Shuningdek, giyohvandlik vositalari hamda taqiqlangan ashyolarni olib kirish holatlari bartaraf etildi.

[gallery-27299]

Faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholi va tadbirkorlar bilan muntazam muloqotlar o‘tkazilib, profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida elektron tizimlar joriy etildi.

Bojxona organlari jamoasi Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashni o‘z burchi deb biladi. Yurt sarhadlarini himoya qilish va mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yo‘lida izchil ish olib bormoqda.

       Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA