French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachilar hududning yana ham obod bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda
20:52 / 2023-10-31

“Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etayotgan Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi shaxsiy tarkibi boshqarma boshlig‘i Bahodir Qutlimuratov boshchiligida Buxoro “Muruvvat” uyida bo‘lishdi.

Tadbir avvalida bojxona xodimlari “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olishdi. So‘ng hududda mevali bog‘ tashkil etish niyatida ko‘chatlar o‘tqazishga kirishildi. O‘tgan mavsumda mazkur loyiha asosida Buxoro “Muruvvat” uyiga 200 tupdan ortiq ko‘chat o‘tqazilgan edi.  

[gallery-14327]

–Daraxt ko‘chatlari hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olingan, –deydi bojxona boshqarmasi xodimi Guli Boboqulova. –Loyiha doirasida viloyatdagi mavjud “Muruvvat” uylarida ko‘chatlar o‘tqaziladi.    

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),  

O‘zA muxbirlari