Ichki turizmni rivojlantirish va xodimlarning madaniy-ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari Farg‘ona viloyatining tarixiy va madaniy maskanlariga sayohat uyushtirishdi.
Tashrif dasturi davomida xodimlar Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon saroyi me’moriy majmuasida bo‘lishdi. Mazkur saroy Qo‘qonning haqiqiy gavhari va shaharning asosiy, tarixiy diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Uni xalq orasida “Qo‘qon o‘rda” deb ham atashadi. Bojxona xodimlari Ushbu saroyning tarixi, noyob naqshlari va o‘ziga xos me’moriy uslubi bilan yaqindan tanishishdi.

Azaldan Qo‘qon nafis bezaklar bilan qoplangan va hamma joyda mashhur bo‘lgan idish-tovoqlari – kulolchiligi bilan mashhur. Qorqalpog‘istonlik sayyohlar ham Rishton tumanida joylashgan Markaziy Osiyodagi eng qadimiy kulolchilik markazidagi milliy hunarmandchilik an’analari bilan tanishdilar.


Shahar keramika ishlab chiqarishning o‘ziga xos texnologiyasiga ega. Mahalliy mahsulotlar betakror, go‘zal naqsh, shakllari bilan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA